Mareska Chempionlar ligasida Mourino bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida gapirdi

Joze Mourino tez orada Portugaliyaning "Benfika" klubini qabul qilib oladi. Agar hech qanday kutilmagan holat yuz bermasa, 30 sentyabr kuni portugaliyalik murabbiy qo'l ostidagi "burgutlar" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turi doirasida "Stemford Brij"da "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.
"Ha, Mourino bilan uchrashishimdan xursandman, - deb javob beradi London grandi ustozi Entso Mareska. - Joze nafaqat "Chelsi", balki butun futbol afsonasi. Uning sovrinlari va yutuqlari hammasini aytib turibdi," - deya italiyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent.
Joze Mourino 2004-2007 va 2013-2015 yillarda "Chelsi"da ishlagan. Yaqinda mutaxassis Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi murabbiyligidan bo'shatilgan edi.