Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska klub xo'jayinlari bilan munosabati haqida gapirdi.

Avvalroq, jamoa ustozi investorlar tomonidan etarlicha qo'llab-quvvatlanmayotganiga ishora qilgandi.

"Hammasi joyida, munosabatlar yaxshi," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Avvalroq, Mareskaning yuqori o'rinlar va chempionlik uchun kurashda "Chelsi" tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish kerak deb hisoblashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, klub rahbariyati hamon ichki zaxiralarni ishga solish siyosatidan voz kechishdan ma'no ko'rmayapti.