"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning "Vulverxempton"ga (3:0) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.

"Ko'klar" tanaffusdan keyingina "bo'rilar" himoyasini yorib o'tishga muvaffaq bo'ldi - 51, 65 va 73-daqiqalarda Malo Gyusto, Joao Pedro va Pedru Netu raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Yaxshi o'yin. Birinchi va ikkinchi bo'lim o'rtasidagi yagona farq - realizatsiya. Tanaffusdan so'ng, imkoniyatlarimizdan foydalana oldik.

Ishonchimiz komilki, biz klub va jamoa sifatida to'g'ri yo'nalishda harakat qilmoqdamiz, shu bilan birga, ko'p jihatdan nimalarni yaxshilashimiz kerakligini juda yaxshi tushunamiz," - dedi Mareska Sky Sports bilan suhbatda.

"Chelsi" APL 11-turidan keyin ochkolarini 20 taga etkazib olgan holda 2-o'ringa ko'tarilib oldi.