Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska klub haqida fikr bildirdi.

"Chelsi" afsonaviy, ulkan klub. Hozirgi strategiyamiz - uzoq muddatli shartnomalar tuzish va yosh futbolchilarga ishonish. Futbol biznesida eng muhimi - natija. Ayni paytda natijalar yaxshi va barchamiz juda mamnunmiz," - dedi Mareska.

Entso Mareska "Chelsi"ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni damda "ko'klar" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda va ettita uchrashuvda 11 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.