Mareska "Chelsi"ning muammolaridan birini aytdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoada yarimhimoyachi Entso Fernandesga o'rinbosar yo'qligini tan oldi.
"Ayni damda jamoamizda Entso Fernandesga munosib o'rinbosar ko'rmayapman. Biz Andrey Santosni moslashtirdik, ammo u ko'proq himoyachi" - deya Mareskaning izohlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Bugun "Chelsi" Premer-liga doirasida "Nyukasl" mehmoni bo'ladi.