Mareska "Chelsi"ga Konferentsiyalar Ligasida g'alaba qozonishga nima yordam berganini aytdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning o'tgan safargi Konferentsiyalar ligasidagi g'alabasini yodga oldi.
"Ko'klar" finalda Ispaniyaning "Betis" klubini mag'lub egandi (4:1). Uchrashuv 28 may kuni Polshada bo'lib o'tdi.
"Konferentsiyalar ligasi o'sha mavsumda g'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan yagona turnir edi. Men futbolchilarimni bundan muhimroq narsa bo'lishi mumkin emasligiga ishontirdim. Tez orada klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham g'olib chiqdik," - dedi italiyalik mutaxassis.
Entso Mareska o'tgan mavsum oldidan "Chelsi"da ish boshlagandi. Angliya Premer-ligasida londonliklar to'rtinchi o'rinni egalladi.