Mareska: "Chelsi"ga Kaysedo etishmayapti"

"Chelsi" yarimhimoyachisi Moyses Kaysedo "Lids"ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yinni o'tkazib yubordi. Ekvadorlik futbolchi "Arsenal"ga qarshi o'tgan o'yinda olgan qizil kartochkasi uchun diskvalifikatsiya muddatini o'tamoqda.
"Bizga "Lids"ga qarshi o'yinda Kaysedo etishmadi va keyingi "Bornmut"ga qarshi o'yinda ham u etishmaydi. Moyses ham Koul Palmer singari biz uchun juda muhim. Har qanday jamoa bunday darajadagi futbolchining yo'qligidan aziyat chekadi", - dedi matbuot anjumanida londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska.
"Chelsi" va "Bornmut" uchrashuvi 6 dekabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. Premer-liganing 14 turidan keyin "ko'klar" turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.