Mareska: "Biz rotatsiya qilishimiz kerak"

Chorshanba oqshomida "Chelsi" Liga kubogi doirasida "Vulverxempton" mehmoni bo'ladi. Londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa rotatsiyasini e'lon qildi.
"Biz rotatsiya qilishimiz kerak. Futbolchilarni asrash kerak, chunki bir xil tarkibda maydonga tushadigan bo'lsak, mavsum davomida bizga qiyin bo'ladi. Ertaga, ehtimol, ba'zi o'zgarishlarni kiritamiz. Turli sabablarga ko'ra saqlab qolinishi kerak bo'lgan futbolchilar bor, shuning uchun ertaga ko'ramiz", - dedi Mareska jurnalistlarga.
"Vulverxempton" va "Chelsi" o'rtasidagi o'yin 29 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.