Mareska APL o'yini oldidan "Chelsi"ning kadrlar bilan bog'liq muammolari haqida gapirdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya chempionati doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda qaysi futbolchi ishtirok etmasligi mumkinligi haqida javob berdi.
Avvalroq mutaxassis himoyachi Benua Badyashil yana uzoq muddatga safdan chiqqanini ma'lum qilgandi.
"Moyses Kaysedo, Entso Fernandes va Pedro - bularning barchasi dam olish kunlaridagi o'yindagi ishtiroki shubha ostida. Tosin Adarabioyo, Uesli Fofana va Andrey Santos safga qaytdi," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ertaga, 18 oktyabr kuni "Chelsi" safarda "Nottingem Forest" mehmoni bo'ladi.