Entso Mareska Ruben Amorimni ajoyib murabbiy deb atadi.

20 sentyabr kuni "Chelsi" APL 5-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

"Men Ruben Amorimni juda qadrlayman. U ajoyib murabbiy.

Loyiha boshlanishida ba'zan qiyinchiliklar bo'ladi. Uning ajoyib murabbiy ekanligiga shubha qilmayman. Men uning o'yinlarini "Sporting"da ham ko'rganman", - deydi "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska.