Marca nashri JCh-2026 guruh bosqichining ramziy terma jamoasini e'lon qildi: tarkibda Vinisius va Xoland yo'q

Ispaniyaning mashhur «Marca» gazetasi futbolchilarning o'tkazilgan o'yinlardagi natijalariga asoslanib, 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Ta'kidlash joizki, turnirning eng yaxshi to'purarlari qatoriga kiruvchi bir qator o'yinchilar (to'rtta gol bilan) jamoaga kira olmadi. Ular orasida norvegiyalik hujumchi Erling Xoland, braziliyalik vinger Vinisius Junior va frantsiyalik hujumchi Usman Dembele bor.
Darvozabon: Mostafa Shobeyr (Misr).
Himoyachilar: Gabriel Magalyayns (Braziliya), Emerik Laport (Ispaniya) va Yan Paul van Xekke (Niderlandiya).
Yarim himoyachilar: Granit Jaka (Shveytsariya), Rodri (Ispaniya), Pedri (Ispaniya) va Li Kan In (Janubiy Koreya).
Hujumchilar: Kilian Mbappe (Frantsiya), Xarri Keyn (Angliya) va Lionel Messi (Argentina).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar