Marca: Mbappe tiklanish jarayonida

"Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (3:1) o'ng to'pig'i bog'lamlarining cho'zilishidan so'ng tiklanish kursini o'tmoqda, deb xabar bermoqda Marca.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi milliy jamoa tibbiyot xodimlari va Madrid klubi shifokorlari nazorati ostida birgalikda davolanmoqda.
Mbappe Frantsiya terma jamoasining birinchi umumiy mashg'ulotida ishtirok etmadi, unga fizioterapiya va sport zalida engil mashqlar bajarish buyurildi.
Kilian sardorlik qilayotgan Frantsiya terma jamoasi 10 oktyabr kuni 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.