Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino 99,9 foiz ehtimol bilan Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, hozircha faqat kutilmagan fors-major holatigina ushbu tayinlovga to'sqinlik qilishi mumkin.

Shuningdek, klub prezidenti Florentino Peres boshlab bergan prezidentlik saylovi jarayoni ham Mourinoning tayinlanishiga ta'sir qilmasligi aytilmoqda. Portugaliyalik murabbiy 23 may kuni mavsum yakunlanganidan keyin jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, «qaymoqranglilar» Mourinoning amaldagi klubi — «Benfika»ga shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun 3 million evro tovon puli to'laydi.

Shuningdek, mutaxassisga transferlar masalasida ham ovoz berish huquqi berilishi ta'kidlangan.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourino 2010–2013 yillar oralig'ida ham «Real»ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

Manba: championat.com