Maradonaning tarixiy formasi 152 ming evroga sotildi

Argentinalik hujumchi Diego Maradonaning futbolkasi Matchday Football Auctions auktsionida 152,2 ming evroga sotildi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Ushbu libosda futbolchi "Barselona" safida 1984 yilgi Ispaniya kubogi finalida "Atletik"ga qarshi (0:1) o'ynagan. Maradona uni o'yindan keyingi mushtlashuv paytida yirtib olgan.
Maradona 2020 yil noyabr oyida 60 yoshida vafot etdi. Argentinalik futbolchi "Barselona"dan tashqari "Napoli", "Sevilya", "Boka Xuniors", "Nyuells Old Boyz" va "Argentinos Xuniors" kabi jamoalarda ham to'p tepgan.