Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi kelajagi bo'yicha qarorini e'lon qildi

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer milliy jamoadagi faoliyati yuzasidan muhim bayonot berdi.
Tajribali posbon Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ma'lum qildi. Endi u faqat klub miqyosidagi o'yinlarda ishtirok etadi.
«Hammasi aynan shunday yakun topgani juda achinarli», — dedi Noyer.
Germaniya terma jamoasi Jahon chempionati–2026da omadsiz ishtirok etdi. Nemislar 1/16 final bosqichida Paragvayga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lib (asosiy va qo'shimcha vaqt — 1:1, penaltilar — 3:4), musobaqani tark etdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar