Mantuan Braziliyadan kelgan mish-mishlarga qanday munosabatda?

"Zenit" futbolchisi Gustavo Mantuan Braziliyadan kelgan mish-mishlarga javob berdi.
24 yoshli futbolchiga Braziliya klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. "Men aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa: "Men bu erda baxtliman.
Menga "Zenit" juda yoqadi. Futbolda har doim shunday bo'ladi, transfer oynasi ochilganda mish-mishlar paydo bo'ladi, lekin men bu erda baxtliman", - deya Mantuanning so'zlarini keltiradi Match TV sayti.