Manishe Mourinoning muvaffaqiyatiga ishonch bildirdi

Joze Mourino shu hafta “Benfika” bosh murabbiyi lavozimini egalladi.
Portugaliyalik taniqli sobiq futbolchi Manishe bu borada fikr bildirdi.
Manishening fikricha, Mourino Lissabon "burgutlari" boshqaruvida muvaffaqiyatga erisha oladi. "O'ylaymanki, Joze Mourino "Benfika"ga chempionatda ham, evrokuboklarda ham yordam beradi.
U boshqargan ikkita klubdan tashqari barchasida u chempionlikni qo'lga kiritdi: milliy va xalqaro miqyosda.
Uning "Benfika"da imkoniyati juda yaxshi", - dedi Manishe.