Mandanda o'zi uchun eng yaxshi murabbiyni aytdi

Stiv Mandanda Dide Deshamni o'zi bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiy deb atadi.
"Men u kabi murabbiyni hech qachon uchratmaganman. Agar bitta murabbiy tanlashim kerak bo'lsa, u ro'yxatimda bo'lardi. U g'alaba qozonishni biladi.
Biz g'alaba qozongan JCh-2018da Avstraliyaga qarshi o'yinni (2:1) tahlil qilganini eslayman. U barcha kamchiliklarni hammaning, harakat qilmagan har bir futbolchining oldida ko'rsatdi. Men uning bunday qilganini birinchi marta ko'rishim edi. Bu turnirdagi burilish nuqtasi bo'ldi”, - deydi Mandanda.