Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi, Raneri esa texnik direktor bo'ladi

Roberto Manchini Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, bu haqda Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) kengashi yig'ilishida federatsiya prezidenti Jovanni Malago ma'lum qilgan.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida Klaudio Ranerining texnik direktor lavozimiga tayinlangani rasman e'lon qilinishi kutilmoqda — u ushbu postda Paolo Maldinining o'rnini egallaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Andrea Pirlo juda yaqin kelgan edi. Kecha u dastlabki kelishuvlarga qaramay, jamoani boshqarmasligini ma'lum qildi. Ushbu tayinlovning barbod bo'lishiga Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi sabab bo'lgan.
Ushbu voqealardan so'ng FIGC texnik direktori Paolo Maldini va maslahatchi Leonardo o'z lavozimlarini tark etishi ma'lum bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar