Manchini Isroilga qarshi o'yin oldidan: "Falastinda ro'y berayotgan voqealar meni qayg'uga solmoqda"

Janluka Manchini Isroil va Falastin o'rtasidagi mojaro haqida gapirdi.
"Men hamma narsani qayg'u bilan idrok qilaman, o'zimni o'z farzandlarini bag'riga olgan otalar o'rnida tasavvur qilaman – bu hayratlanarli tasvirlar.
Lekin, murabbiy aytganidek, biz aytganini qilishimiz kerak: agar o'yna desa, o'ynaymiz, qarorni muhokama qilmaymiz. Men ota va shaxs sifatida ro'y berayotgan hamma narsani dramatik deb hisoblayman", — dedi "Roma" himoyachisi Italiya terma jamoasining isroilliklarga qarshi o'yinidan oldin.