Manchini bugun Dohaga uchib boradi

Roberto Manchini murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 60 yoshli mutaxassis Qatarning "As-Sadd" klubi bilan to'liq kelishuvga erishgan.
Manchini chorshanba kuni Dohaga uchib ketadi va u erda yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiyligidan ketganidan so'ng bir yildan ko'proq vaqt davomida murabbiylik ishisiz edi.