«Manchester Yunayted» yarim himoyada yangi tandem yaratmoqchi — ikki futbolchi nomi ma'lum bo'ldi

Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni Ispaniya La Ligasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin.
The Times jurnalistlarining bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» klubi hamon ushbu xavbek bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» frantsiyalik futbolchini braziliyalik Ederson bilan juftlikda o'ynatish uchun sotib olmoqchi. Qayd etish joizki, «Atalanta» klubi a'zosi (Ederson)ning transferi deyarli kelishib bo'lingan.
Orelen Tchuamenining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 75 million evroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yakunlangan mavsumda Tchuameni «Real» safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.