"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi uchun qancha so'rayotgani ma'lum bo'ldi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugartega hamon boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli futbolchini "Galatasaroy" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Transfer News Live nashrining Fotomac’ga tayanib xabar berishicha, turk grandi "qizil iblislar"ga urugvaylik futbolchini 25 mln evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishga tayyor. Vaziyatni Frantsiyaning "Lion" va Italiyaning "Napoli" klublari ham kuzatib bormoqda.
Manuel Ugarte joriy mavsumda Ruben Amorim jamoasining 11 o'yinida maydonga tushdi. Yarim himoyachining Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan bahosi 30 mln evroga baholanmoqda.