"Manchester Yunayted" yangi yarim himoyachi topdi

"Ayaks"ning belgiyalik 17 yoshli yarim himoyachisi Yorti Mokio "Manchester Yunayted"ning yangi nishonidir. Bu haqda insayder Sasha Tavoleri yozmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchiga "Nyukasl" va "Ayntraxt" klublari ham da'vogarlik qilmoqda. "Ayaks" Mokio bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi edi, ammo muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Xavbekning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Futbolchi markaziy va chap qanot himoyachilari pozitsiyalarida ham o'ynay oladi, bu esa uni qimmatli variantga aylantiradi.
Umumiy hisobda Yorti Mokio "Ayaks" safida 29 ta o'yin o'tkazgan. Unda xavbek ikkita gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 mln evroga baholamoqda.