«Manchester Yunayted» yangi hujumchi tanladi

«Kristal Pelas» klubining etakchi forvardi Jan-Filipp Mateta APLning top-klublaridan biri — «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Fichajes nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «qizil iblislar» rahbariyati frantsiyalik futbolchini jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor variant sifatida belgilagan. «Burgutlar» esa, o'z navbatida, o'z etakchisi uchun kamida 50 million evro olmoqchi.
Mateta va «Kristal Pelas» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida forvard 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 12 ta gol (to'rttasini penaltidan) yozdirib qo'ygan.