"Manchester Yunayted" darvoza pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda. "Qizil iblislar" e'tiborida "Malmyo" sharafini himoya qilayotgan shvetsiyalik Melker Elborg bo'lib turibdi. Sun Sport xabariga ko'ra, ingliz grandi 22 yoshli posbonni Senne Lammensga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Elborgning mashhur Transfermarkt portalidagi narxi - 300 ming evro. Futbolchi "Malmyo"ning asosiy jamoasi safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan va 7 marta darvozani daxlsiz saqlab qolgan.

"Manchester Yunayted" Premer-liga 11-turidan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.