"Manchester Yunayted" va "Chelsi" 70 million evrolik transfer uchun kurashadi

"Kristal Pelas"ning 21 yoshli xavbeki Adam Uorton Angliya Premer-ligasi klublari orasida talabgir bo'lib turibdi. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, yarim himoyachiga Londonning "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" rahbariyati angliyalik futbolchi uchun taxminan 70 million evro taklif qilishsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Klub joriy mavsum yakunlangach, Uorton bilan xayrlashishga tayyor.
Yarim himoyachining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi. Uning bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.