"Manchester Yunayted" va APLning yana to'rtta klubi Gallaxerni kuzatib bormoqda

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer Angliya Premer-ligasi klublari radarida qolmoqda.
25 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati fonida "matraschilar"ning asosiy tarkibidan doimiy joy ololmayotganidan hafsalasi pir bo'ldi. TBR Football xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted", "Everton", "Kristal Pelas", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari xavbekning holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Konor Gallaxer 2024 yilning yozida "Chelsi"dan 42 mln evro evaziga "Atletiko"ga o'tgandi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining ayni damdagi narxi 40 mln evroni tashkil etadi, uning shartnomasi esa 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.