"Manchester Yunayted" Uelbekni qaytarishi mumkin edi

"Manchester Yunayted" "Brayton" hujumchisi Danni Uelbekni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqdi. "Qizil iblislar" bu yozda hujum chizig'ini jiddiy yangilab, Mateus Kunya, Brayan Mbeumo va Benyamin Sheshkoni katta mablag' evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Jurnalist Lauri Uitvellning ma'lumotlariga ko'ra, uzoq o'tmishda "Old Trafford"da o'ynagan Uelbekning nomzodi klubda o'rganilgan. Kutilmagan qaytish amalga oshmadi - 34 yoshli forvard "chaykalar" safida o'ynashda davom etadi.
Danni Uelbek "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yilda u "Arsenal"ga 20 million evroga sotilgan va 2020 yildan beri "Brayton" sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali tajribali inglizning hozirgi qiymatini 5 mln evroga baholamoqda.