"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transferlar vaqtida jamoa yarim himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning short-listiga uch nafar futbolchi kiritilgan. "Qizil iblislar" safini Elliot Anderson ("Nottingem Forest"), Adam Uorton ("Kristal Pelas") yoki Karlos Baleba ("Brayton") to'ldirishi mumkin. "MYu"ning ustuvor vazifasi Baleba bilan shartnoma imzolashdir.

Angliya chempionatining 16-turidan keyin "Manchester Yunayted" 26 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Ruben Amorim shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 10 ochko ortda qolmoqda.