«Manchester Yunayted» Tonaliga qiziqish bildirishda davom etmoqda

«Nyukasl» klubining italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali hamon APLning boshqa bir klubi — «Manchester Yunayted»ning transfer short-listidan (nomzodlar ro'yxatidan) joy olib turibdi. Bu haqda «Caught Offside» nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, «qizil iblislar» rahbariyati 26 yoshli yarim himoyachini sotib olish uchun 80-90 million evro ajratishga tayyor. «Qarg'alar» esa, o'z navbatida, jamoaning etakchi futbolchisi bilan xayrlashishni unchalik istashmayapti.
Tonalining «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer bozoridagi naqd qiymati 80 million evroga baholanmoqda. Yakunlangan mavsumda Sandro barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.