"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi: "Chempionlar ligasi finalida Safonovga muxlislik qilamiz"

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis UEFA Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan Londonning "Arsenal" klubiga qarshi bahsda "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovga muxlislik qilishini bildirdi.
"Safonovga muxlislik qilamiz! U Rossiya vakili. U gol o'tkazib yubormasdan g'alaba qozonsin. U uchun qayg'uramiz va unga omad tilaymiz!", — deya futbol ekspertining so'zlaridan iqtibos keltiradi "Chempionat".
"PSJ" va "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv bugun, 30 may kuni Budapeshtdagi stadionda bo'lib o'tadi.