"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi "Aston Villa"ga o'tmoqda

Shu yozda "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylangan Viktor Lindelyof yana Angliya Premer-ligasiga qaytmoqda.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 31 yoshli shvetsiyalik markaziy himoyachi "Aston Villa" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. Uni yana 1 mavsumga uzaytirish imkoniyati bo'ladi.
Lindelef tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.