Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi skautlari A Seriyaning 34-turidan o'rin olgan «Milan» — «Yuventus» uchrashuviga turinliklar markaziy himoyachisi Per Kalyulyuni kuzatish uchun tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TuttoMercatoWeb nashri xabar berdi. Jamoalar 26 aprel, yakshanba kuni Milandagi «San-Siro» («Juzeppe Meatstsa») stadionida o'zaro bahs olib boradi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «Yuventus» frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish va uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Biroq «Manchester Yunayted» aralashib, ushbu kelishuvni barbod qilishi mumkin.

Xabar qilinishicha, ehtimoliy transfer summasi «Yuventus»ning himoyachi uchun «Milan»ga to'lagan mablag'idan ancha farq qiladi. Turinliklar o'tgan yozda Kalyulyuni 14 million evroga xarid qilgan edi.

Manba: championat.com