«Manchester Yunayted» skautlari Italiyaga yo'l olmoqda

«Yuventus» markaziy himoyachisi Per Kalyulyu «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TUTTO mercato WEB nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «qizil iblislar» 25 yoshli frantsiyalik futbolchini kuzatib borishmoqda va «Yuventus»ning «Milan»ga qarshi bo'lajak o'yiniga o'z vakillarini yuborishadi.
Shu bilan birga, katta klublar tomonidan Kalyulyuga bo'lgan qiziqish ortib borayotgani fonida, turinliklar o'z futbolchisi uchun yangi shartnoma tayyorlashayotgani qayd etilgan.
Joriy mavsumda Kalyulyu barcha turnirlarni hisobga olgan holda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ikkita gol urdi va ettita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari frantsiyalik himoyachining qiymatini 32 million evroga baholashmoqda.