«Manchester Yunayted» Sheshko transferi misolida yangi strategisini ishlab chiqdi

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasi uchun o'z strategiyasini belgilab oldi. Jurnalist Tayron Marshallning so'zlariga ko'ra, «qizil iblislar» Angliya Premer-ligasi sharoitlariga moslashish uchun vaqt talab etadigan futbolchilarni sotib olishdan tiyilmoqchi.
Klub endi jamoa o'yiniga zudlik bilan ta'sir o'tkaza oladigan ijrochilarni nishonga oladi. Bunday qarorga kelinishiga hujumchi Benyamin Sheshko bilan bog'liq vaziyat sabab bo'lgan — sloveniyalik futbolchiga Angliyada moslashish uchun ancha vaqt kerak bo'ldi.
APL sharoitlariga o'rganib qolgan futbolchilarni sotib olish tavakkalchilikni kamaytiradi va klubdagi adaptatsiya davrini qisqartiradi, deb hisoblamoqda «Manchester Yunayted» rahbariyati.