"Bornmut" vingeri Antuan Semeno qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o'tishi dargumon. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim Semenoni yaxshi ko'radi, ammo klub yanvar oyida "Bornmut"ning moliyaviy talablarini qondirishi oson bo'lmaydi. Qayd etilishicha, Semeno bilan tuzilgan shartnomada 73,5 mln evro tovon puli belgilangan.

Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Semeno 11 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Vingerning "Bornmut" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan.