«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh maydondagi yangi pozitsiyasi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi sardori va yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh o'zining yangi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
«Endi yangi, biroz chuqurroq pozitsiyada o'ynab, oldindagi futbolchilarni to'p bilan ta'minlay olaman. Balki bu har doim golli pas bo'lmasa ham, ammo chiziqlar orasidagi uzatma bo'ladi — u orqali jamoadoshlarim hujumlar yaratish imkoniga ega bo'ladilar. Orqada pleymeyker futbolchi bo'lishi muhim ahamiyatga ega.
Avval men “o'ninchi raqam” pozitsiyasida o'ynaganimda, orqamda Matich va Pol bor edi — ular bu ishni ajoyib bajarardi. Ular orqali men ham katta tajriba to'pladim, chunki aynan ular to'pni oldinga etkazib berardi», – dedi Fernandesh klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.