«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning joriy mavsumidagi 18-golli uzatmasini amalga oshirdi.

Portugaliyalik futbolchi 33-tur doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahsda (1:0) Mateus Kunyaga golli pas etkazib berdi.

Shu tariqa, Brunu Sesk Fabregas (2014/15 yilgi mavsumda 18 ta assist), Frenk Lempard (2004/05), Kevin de Bryuyne (2016/17) va Muhammad Saloh (2024/25) qayd etgan natijalarni takrorladi.

APL tarixida bir mavsumda bundan ko'proq golli uzatmani faqat Terri Anri (2002/03 yilgi mavsumda 20 ta), Kevin de Bryuyne (2019/20 yilgi mavsumda 20 ta) va Mesut O'zil (2015/16 yilgi mavsumda 19 ta) amalga oshirishgan, xolos.

Futbolchi Klub Mavsum Assistlar soni
Terri Anri Arsenal 2002/03 20
Kevin de Bryuyne Manchester Siti 2019/20 20
Mesut O'zil Arsenal 2015/16 19
Brunu Fernandesh Manchester Yunayted 2025/26 18
Sesk Fabregas Chelsi 2014/15 18