«Manchester Yunayted» «Real»ning 60 million evrolik futbolchisini nishonga oldi

«Manchester Yunayted» jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. The Touchline nashrining jurnalist Migel Serranoga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, «qirollik klubi» 23 yoshli Kamavinganing transfer bahosini 60 million evro etib belgilagan. Futbolchining Ispaniya La Ligasi grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Eduardo Kamavinga ayni paytda ta'tilda dam olmoqda. U Frantsiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasidan joy olmagan edi. Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar