"Manchester Yunayted" "Real"ga katta summa taklif qiladi
Matbuot "Manchester Yunayted"ni "Real" futbolchisi bilan bog'lashda davom etmoqda.
Yarim himoyachi Federiko Valverde "qizil iblislar"ning qiziqish markazida.
Fichajes nashrining xabar berishicha, "mankunianliklar" Valverde uchun "Real"ga 70 million funt (taxminan 80 million evro) taklif qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, ayni damda “Manchester Yunayted”da kam o'yin o'tkazayotgan Kobbi Maynu kelishuvning bir qismi bo'lishi mumkin.