«Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini sotib olish borasida uzil-kesil qarorga keldi.

Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, Angliya grandi rahbariyati frantsiyalik futbolchining transferini shunchaki ustuvor vazifa emas, balki jiddiy zaruriyat deb hisoblamoqda. «Qizil iblislar» yarim himoyachi uchun «ulkan» summa taklif qilishga tayyor. «Qaymoqranglilar» 26 yoshli futbolchi uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' talab qilishi taxmin qilinmoqda.

Transfermarkt portali Orelen Tchuamenining transfer qiymatini 70 million evroga baholagan. Futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yakunlangan mavsumda tayanch yarim himoyachisi madridliklar safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz