"Manchester Yunayted" rahbariyati Amorimga taktik yondashuv bo'yicha bosim o'tkazmoqda

Ruben Amorim taktik sxemani o'zgartirishga harakat qilmoqda.
The Telegraph xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi jamoa sport direktori Jeyson Uilkoks bilan kelishmovchilikka borgan. Ta'kidlanishicha, rahbariyat portugaliyalik mutaxassisga bosim o'tkazib, 3-4-2-1 sxemasidan 4 himoyachi sxemasiga o'tishga majbur qilmoqda. Kamida 40 yoshli mutaxassisdan taktik moslashuvchanlik kutilmoqda.
Shuningdek, Amorimga klub qishda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmayotgani yoqmayapti.
So'nggi besh o'yinda "MYu" faqat bitta g'alabaga erishdi. 7 yanvar kuni u "Byornli"ga qarshi maydonga tushadi.