"Manchester Yunayted" "Barselona" vingeri Rafinya Diasga qiziqish bildirmoqda.

Daily Mail xabariga ko'ra, mankunianliklar kelasi yozda 28 yoshli braziliyalik uchun 120 million evro to'lashga tayyor bo'ladi, biroq bu transfer katta ehtimol bilan jamoa EChLga yo'llanma olgan taqdirda amalga oshadi.

Rafinyaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 90 million evroga baholamoqda.