«Manchester Yunayted» Rafael Leauni qo'lga kiritmoqchi

«Milan»ning qanot hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Milan» jamoasi Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganidan so'ng, vingerni arzonlashtirilgan narxda sotishga tayyorligi aytilmoqda. Transfer summasi taxminan 50 million evroni tashkil etishi mumkin.
Leau o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.