«Manchester Yunayted» o'z yarim himoyachisini butun bir yilga yo'qotishi mumkin

«Manchester Yunayted» xavbeki Manuel Ugarte Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda (0:1) tizzasidan jarohat oldi.
Yarim himoyachi maydonni zambilda tark etdi. Stretty News nashrining xabar berishicha, futbolchining oldingi xochsimon paylari uzilgan bo'lishi mumkin deb gumon qilinmoqda. Agar ushbu tashxis o'z tasdig'ini topsa, u holda Ugarte 9 oydan 12 oygacha bo'lgan muddatni lazaretda o'tkazish xavfi ostida qoladi.
25 yoshli yarim himoyachi 2024 yilning avgust oyidan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Manuelning mankunianliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Urugvaylik futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar