«Manchester Yunayted»ning yozgi transfer bozoridagi qarorlaridan biri ma'lum bo'ldi

Manba «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer rejalariga oid qarorlaridan birini ochiqladi.
Ma'lum bo'lishicha, klub yangi vinger sotib olmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda. «Qizil iblislar» ushbu pozitsiya etarlicha shakllangan deb hisoblamoqdalar.
Mankunianliklar mavjud o'yinchilardan mamnun. Endi «Manchester Yunayted» bor e'tiborini boshqa maqsadlarga qaratadi.