"Manchester Yunayted"da so'nggi o'n yil davomida ishlagan murabbiylar uchun yozning oxiri va kuzning boshi qiyin kechmoqda.

“Qizil iblislar”ning uchta sobiq menejeri qisqa vaqt ichida ishsiz qoldi.

28 avgust kuni Ole-Gunnar Sulsher “Beshiktosh”dan iste'foga chiqarilgan edi. Ertasi kuni, 29 avgust kuni “Fenerbaxche” Chempionlar ligasiga chiqa olmagani uchun Joze Mourino bilan xayrlashgandi.

Nihoyat, 1 sentyabr kuni "Bayer" Erik ten Xag bilan xayrlashdi - Bundesliganing atigi ikki turidan keyin.