"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Messi va Ronalduni bir jamoada ko'rmoqchi

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Andrey Kanchelskis Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning "Inter Mayami"da bir jamoada o'ynashini real holat deb hisoblaydi.
"Agar barcha tomonlar - Messi, "Inter Mayami" va Ronalduning o'zi buni xohlasa, unda qanday muammolar bo'lishi mumkin? Messi va Ronaldu bir jamoada - bu real holat", dedi Kanchelskis.