"Manchester Yunayted"ning qishki transferlar oynasidagi rejalari ma'lum

"Manchester Yunayted"da mavsum davomida yangi futbolchilarni taklif qilish istagi yo'q.
Ayni paytda klub jarohatlari va bir qator futbolchilarning Afrika Kubogiga ketishiga qaramay, yanvar oyida umuman hech qanday shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi Sky Sports. "Qizil iblislar" rahbariyatining pozitsiyasi uzoq muddatli transfer maqsadlaridan biri to'satdan mavjud bo'lgan taqdirdagina o'zgarishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" qisqa muddatli muammolarni hal qilish uchun bozorga kirishni istamayapti.
Avvalroq, bosh murabbiy Ruben Amorim bunday yondashuvga qarshi chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mankunianliklar Premer-liga 11-turidan keyin turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.